03:05 / 02.05.2020
73369

Yonhap: Kim Chen In omma oldida ko‘rinish berdi

Foto: Yonhap

Shimoliy Koreya yetakchisi, mamlakat mehnat partiyasi raisi Kim Chen In omma oldida ko‘rinish berdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap News agentligi hech qanday manbaga asoslanmay xabar tarqatdi.

«(Tezkor xabar). Shimoliy Koreya yetakchisi 20 kun ichida ilk marta omma oldida ko‘rinish berdi», deyiladi xabarda. 40 daqiqa avval joylangan xabar hamon to‘ldirilgani yo‘q.

Ma'lumot uchun, Kim Chen In 12 apreldan buyon ko‘rinish bermayotgan va hatto 15 aprel kuni mamlakatdagi asosiy bayram hisoblangan bobosining tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ham qatnashmagandi. Shundan so‘ng, uning og‘ir operatsiyani boshdan kechirgani, ahvoli og‘irligi va go‘yoki o‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

AQSh nashrlari mamlakat razvedkasi Kim Chen In atrofidagi voqealarni jiddiy kuzatayotgani haqida yozgandi. O‘z navbatida Donald Tramp Kim Chen In bilan «hammasi joyida ekanini» aytib hozircha bu haqda gapirmasligini ma'lum qilgandi.

36 yoshli Kim Chen In mamlakatni 2011 yildan buyon boshqarib keladi. U partiya raisligiga otasining vafotidan so‘ng kelgan va mamlakatni boshqarayotgan sulolaning uchinchi vakili hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top