12:12 / 04.05.2020
3836

Samarqanddagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish tizimida faoliyat tiklandi

Bugun, 4 may kunidan boshlab Samarqandda IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi fuqarolarni qabul qilishni boshladi.

Boshqarmaning tuman, shahar bo‘linmalari ham bugundan aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Boshqarma va uning hududiy bo‘linmalari dushanbadan shanbagacha soat 9:00dan soat 18:00ga qadar ish faoliyatini olib bormoqda. Dam olish kunlari etib shanba, yakshanba hamda bayram kunlari belgilangan.

Samarqand viloyat Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi mas'ullarining ma'lum qilishicha, qabul ikki metr oraliq bilan, qat'iy sanitariya qoidalari asosida olib boriladi. Barcha bo‘linmalar gigiyena vositalari bilan ta'minlangan. Fuqarolardan niqob taqish va ijtimoiy masofa saqlash so‘raladi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top