17:04 / 08.05.2020
35505

Sirdaryo viloyatidagi suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarda talafot oqibatlarini bartaraf etish jarayonidan fotoreportaj

Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Sardoba va Mirzaobod tumanlarida suv toshqinidan zarar ko‘rgan 24 ta mahallada talafot oqibatlarini  bartaraf etish jarayoni. 

Bu ishlarga turli vazirlik va idoralardan 20 mingdan ziyod ishchilar hamda 3,5 mingga yaqin maxsus texnika jalb etilgan.

1 may kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv omborining bir qismi o‘pirilib, suv toshqini yuz berdi. Toshqin uy xo‘jaliklari, ijtimoiy infratuzilma, yo‘llar, energetika, aloqa va suv tizimlari hamda hududdagi qishloq xo‘jaligi infratuzilmasiga zarar yetkazdi.

O‘zbekiston hududida 90 mingga yaqin, Qozog‘istonda esa 31 mingdan ortiq kishi evakuatsiya qilindi.

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top