10:11 / 09.05.2020
26723

Jamoat transporti harakati uchun yo‘lning alohida yo‘lagi ajratilishi mumkin

Jamoat transporti vositalari harakati uchun yo‘lning alohida yo‘lagini ajratish taklif qilindi.

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida jamoat transporti vositalari harakati uchun yo‘lning alohida yo‘lagini ajratish haqida petitsiya joylashtirildi

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida tirbandliklar ko‘p bo‘lishini hisobga olib, jamoat transportidan foydalanayotgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida jamoat transportlari, xususan, avtobuslar va yo‘nalishli taksilar uchun yo‘lning alohida ma'lum bir bo‘lagini ajratish kerak.

Bildirilishicha, tig‘iz vaqtda yo‘lakda harakatlanayotgan yengil turdagi avtomobillarga avtobus uchun yo‘l berish majburiyatini yuklash va buni DYHXX xodimlari yordamida tartibga solish lozim.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, jamoat transporti vositalari harakati uchun yo‘lning alohida yo‘lagini ajratishni taklif qilamiz”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Top