15:25 / 09.05.2020
10961

Xorazmda 10 nafar bemor tuzaldi. O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 1800ga yaqinlashdi

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1790 nafarni tashkil etmoqda.

Xorazm viloyatida ham koronavirusga chalingan 10 nafar bemor to‘liq sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Tuzalganlarning 9 nafari Rossiyadan charter reys bilan Xorazmga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. 1 nafar fuqaro esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 

Hududlar kesimida olinsa, fuqarolarning 2 nafari Namangan viloyatidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Jizzax, Samarqand, Farg‘ona, Toshkent, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning 8 nafari erkak, 2 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 53 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 22 yoshda.

Xorazm viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 168 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 178 nafarga yetdi. 

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1790 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top