07:57 / 10.05.2020
24077

Tojikistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 20 nafarga yetdi

Foto: Asia-Plus

Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar soni 90 nafarga ko‘paydi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib Aziya-Plyus nashri xabar bergan.

Shu tariqa mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 612 nafarga yetdi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, yana 6 kishi koronavirus sabab vafot etgan va mamlakatda umumiy o‘limlar soni 20 nafarga yetgan.

Koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha Tojikiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Worldometers ma'lumotiga ko‘ra, mintaqadagi eng ko‘p o‘lim holati Qozog‘istonda (31 nafar) qayd etilgan. Tojikistonda 20 kishi, Qirg‘izistonda 12 kishi va O‘zbekistonda 10 kishi koronavirus qurboniga aylangan bo‘lsa, Turkmanistonda rasman koronavirus aniqlanmagan.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Tojikistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam sifatida tibbiy konteynerlar va shifokorlar guruhini yuborgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top