09:07 / 12.05.2020
106820

O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘ishi mumkin - «O‘zgidromet»

12-14 may kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali xorijiy janubiy hududlar (Eron) ustida shakllangan nam havo oqimi kiradi.

12-14 mayda respublikada vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 13-14 may kunlari ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, respublikaning ba'zi tumanlariga do‘l yog‘ishi mumkin.

Shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, shamol shiddati 23-28 m/s gacha yetishi mumkin.

12-14 may kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Mavzuga oid
Top