08:31 / 13.05.2020
16420

Pandemiya sharoitida organizm uchun foydali mahsulotlar ma'lum qilindi

Pandemiya sharoitida qatiq, choy qo‘ziqorini, ko‘katlar va treska balig‘i jigari  organizm uchun yordam beradi.

Foto: Depositphotos

Bu haqda Rossiya prezidenti ishlari boshqarmasiga qarashli 1-sonli poliklinika parhezshunos shifokori Vera Sharoshkina ma'lum qildi.

“Sog‘lig‘imiz va immunitet uchun foydali superfudlarga to‘xtab o‘tmoqchiman. Bular oshxonamizdagi an'anaviy mahsulotlardir. Jumladan, S vitamini va antioksidantlarga boy tuzlangan karam. Shuningdek, bunday achitilgan mahsulotlarga qatiq, choy qo‘ziqorini ham kiradi. Shuningdek, treska jigari haqida to‘xtalib o‘tmoqchiman. U asosan bayramlarda tortiladi, biroq u foydali xususiyatlari sababli ko‘proq iste'mol qilish uchun munosib. Treska jigarida kislotalar, D, A vitaminlari, mis bor”, deb ta'kidlab o‘tgan mutaxassis.     

Sharoshkinaning ta'kidlashicha, meva va sabzavotlarni iste'mol qilishdan oldin ularni yaxshilab yuvish, ko‘katlarni esa chayib olish kerak. Uning aytishicha, shivit (ukrop), petrushka va piyoz kundalik ratsionda birinchi taomlar, salatlar va garnirlarda bo‘lishi lozim.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top