09:00 / 13.05.2020
271217
Reklama

Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida qabul jarayoni boshlandi

Foto: Yodju

Toshkent shahridagi Yodju texnika institutida 2020/2021-o‘quv yili uchun qabul jarayoni boshlandi.

Institutda quyidagi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari mavjud: 

  • Arxitektura va shaharsozlik 
  • Qurilish
  • Muqobil energiya 
  • Turizm
  • Biznesni boshqarish 
  • Xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
  • Xalqaro marketing 
  • Maktabgacha ta'lim
  • Boshlang‘ich ta'lim
  • Koreys tili filologiyasi 
  • Chiroy estetikasi
  • Liboslar dizayni – Ijodiy imtihon
  • Bank ishi
  • Buxgalteriya
  • Moliya
  • English education
  • Lift muhandisligi
  • Axborot tizimlar muhandisligi – IT-engineering (rejada)

Abituriyentlar hujjatlarni onlayn ravishda admission.ytit.uz veb sahifasi orqali topshirishlari mumkin. 

Taqdim etiladigan hujjatlar: 

  • Pasport nusxasi
  • Maktab/litsey/kollejni tamomlaganligi haqidagi hujjat (diplom/attestat)
  • Rasm – 3.5x4.5sm (rasmga tushgan muddati 3 oydan oshmagan bo‘lishi lozim)  
  • IELTS (5.5) yoki TOPIK (3) sertifikatlar nusxasi (mavjud bo‘lsa)

Kirish imtihonlari avgust oyida institut binosida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Imtihon qay tarzda bo‘lishi va sanalari xaqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi. Ta'lim yo‘nalishidan kelib chiqqan holda, imtihon fanlari quyidagicha:

  • Arxitektura va shaharsozlik – Matematika va ingliz tili
  • Qurilish - Matematika va ingliz tili
  • Turizm – Tarix va Ingliz tili
  • Muqobil energiya – Matematika va Ingliz tili 
  • Biznesni boshqarish - Matematika va Ingliz tili
  • Xalqaro marketing - Matematika va Ingliz tili
  • Xalqaro iqtisodiy munosabatlar - Matematika va Ingliz tili
  • Boshlang‘ich ta'lim – Ona tili (o‘zbek, rus tili) va Ingliz tili 
  • Maktabgacha ta'lim – Biologiya va Ingliz tili 
  • Koreys tili filologiyasi – Ingliz tili va ona tili (o‘zbek, rus tili) 
  • Chiroy estetikasi - Kimyo va Biologiya
  • Bank ishi - Matematika va Ingliz tili
  • Buxgalteriya - Matematika va Ingliz tili
  • Moliya - Matematika va Ingliz tili
  • English education – IELTS 5.5 sertifikati yoki suhbat
  • Liboslar dizayni – Ijodiy imtihon (Qalamtasvir va kompozitsion libos)
  • Lift muhandisligi – Matematika va Fizika

Abituriyentlar til bilish bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan taqdirda IELTS (5.5) ingliz tili imtihonidan va TOPIK (3) koreys tili imtihonidan ozod etiladi.

Shuningdek, yangi o‘quv yilidan boshlab kechki va sirtqi ta'lim turlari bo‘yicha hujjatlar qabul qilinadi.

Institut tomonidan iqtidorli abituriyentlar uchun quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  • IELTS 7 yoki TOPIK 4 darajaga ega bo‘lgan abituriyentlar institutning 1-kursiga insho va suhbat orqali qabul qilinadilar;
  • So‘nggi 2 yil ichida Matematika, Ingliz tili, Ona tili va adabiyot, Biologiya, Kimyo va Tarix fanlaridan Xalqaro va Respublika olimpiadalarda 1-2-3-o‘rinlarni egallagan abituriyentlar suhbat asosida institutning 1-kursiga qabul qilinadilar.
  • Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar o‘quv kurslari davomida Koreya Respublikasining bir qator nufuzli oliy o‘quv yurtlari bo‘lgan Hanyang University, Busan University, Chung Cheong University, Chosun University, Gachon University, Jeoju University va Yeoju Institute of Technologies ta'lim dargohlarida “2+2” dasturi bo‘yicha o‘qishni davom ettirish imkoniyatlariga ega.

Ma'lumot uchun: Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti 2018 yilning 24 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan olingan oliy ta'lim sohasida xizmat ko‘rsatish uchun litsenziyasi asosida faoliyat boshlagan. Institut faoliyatini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 dekabrdagi “Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti faoliyatini tashkil etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1007-sonli qarori qabul qilindi.

Qabul jarayoni hamda boshqa savollar bo‘yicha batafsil ma'lumot olish uchun: 

Telefon: 78-129-40-40.

Veb sayt: www.ytit.uz

Telegram: @yodju, @ytit2020

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Usmon Nosir, 156. Mo‘ljal: Janubiy vokzal.

Reklama huquqi asosida

Top