01:55 / 14.05.2020
11121

AQShda koronavirusdan o‘lim holatlari rasmiy ko‘rsatkichlardan ko‘p bo‘lishi mumkinligi aytildi

AQShda koronavirus qurbonlari haqiqiy soni rasmiy ko‘rsatkichlardagidan ko‘p bo‘lishi mumkin. Bu haqda mamlakatning bosh infeksionisti Entoni Fauchi ma'lum qildi.

Foto: EPA-EFE/JUSTIN LANE

U buni senator Berni Sandersning AQShda koronavirusdan vafot etganlar soni yaqqol kamaytirib ko‘rsatilayotgani haqidagi so‘zlariga javoban aytgan.   

“Aksariyatimiz o‘limlar soni ehtimol ko‘proqligini his qilmoqdamiz. Koronaviruscha chalinib uyida vafot etgan va shifoxonaga olib borilmagani sababli hisobga olinmaganlar bo‘lishi mumkin. Men bu qancha foizga ko‘pligini aniq bilmayman, biroq bu raqamlar ko‘proq bo‘lsa kerak”, deb aytgan Fauchi va sanitar cheklovlarning erta bekor qilinishi yangi kasallanish holatlariga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 1,419 mlndan ko‘proqni, undan vafot etganlar soni 84350 nafarni tashkil qilmoqda.  

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top