20:43 / 14.05.2020
14435

Tramp Xitoy bilan munosabatlar to‘liq to‘xtatilishi mumkinligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy bilan muammolar bo‘lsa, u bilan munosabatlar to‘liq to‘xtatilishi mumkinligini aytdi.

Foto: EPA-EFE

“Bunda ko‘p narsa qilish mumkin. Misol uchun, munosabatlarni to‘liq to‘xtatish mumkin”, deb aytgan Tramp Fox Business telekanaliga intervyusida. Uning fikricha, bunday qadam AQShga 500 mlrd dollar tejashga imkon bergan bo‘lardi.

Tramp koronavirus bilan bog‘liq joriy vaziyatda Xitoy raisi Si Tszinpin bilan gaplashishni istamayotganini aytgan. “Men u bilan yaxshi munosabatdaman, biroq hozir u bilan gaplashishni istamayman”, deb aytgan AQSh prezidenti. 

Tramp Vashington Pekindan koronavirus muammosini o‘rganishni iltimos qilganini, biroq rad javobi olgani, Xitoy hukumati bu masalada AQSh yordamini qabul qilishni istamaganiga e'tibor qaratgan. 

“Xitoydan hafsalam qoldi”, deb aytgan Tramp.

U Xitoy koronavirusni o‘z hududida to‘xtatishi kerakligini yana bir bor ta'kidlab o‘tgan.

“Bizda ko‘p ma'lumot bor va uning bir qismi yoqimsizdir. Biroq hammasidan yomoni, bu virus laboratoriyadan tushganmi yoki ko‘rshapalaklardanmi, u baribir Xitoydan yoyilgan va ular virusni to‘xtatishlari kerak edi. Ular virusni tarqalish o‘chog‘idayoq to‘xtatishlari lozim edi”, deb ta'kidlab o‘tgan Tramp.

Tramp boshlovchining Xitoy go‘yoki ataylab virusni xorijga yoyishga qaror qilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi gaplariga buni bilmasligini, “biroq Xitoy bunga yo‘l qo‘yganini” aytgan.

AQSh hozirda koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha tergov olib bormoqda. 

Avvalroq AQSh prezidenti Xitoy koronavirus tarqalishi sabablarining tergov qilinishi bo‘yicha hamkorlik qilmasa, unga nisbatan sanksiyalar kiritish variantini ko‘rib chiqayotganini aytgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top