20:46 / 15.05.2020
13720

Eronda bir oydan ko‘proq vaqt ichida eng ko‘p koronavirusga chalinish holati qayd etildi

Eronda so‘nggi kunda 2,1 mingtadan ko‘proq koronavirusga chalinish holati qayd etildi. Ta'kidlanishicha, bu mamlakatda 7 apreldan beri bir kun ichida qayd qilingan eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi. 

Foto: Reuters

Shuningdek, 48 ta yangi o‘lim holati qayd etilgan.

Ayni vaqtda Eronda koronavirusga chalinganlar soni 116,6 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda. 

Mamlakatda koronavirusga chalinganlar sonining keskin ortishi bir qator cheklovlarning yengillashtirilishi ortida yuz bergan. Jumladan, hukumat masjidlar ochilishiga ruxsat bergan, 16 maydan maktablar ochilishi kutilmoqda.

Eron Yaqin Sharqda koronavirus pandemiyasidan eng ko‘p jabr ko‘rgan davlatlardan biri bo‘lib qolmoqda. Pandemiya boshidan beri mamlakatda koronavirusdan 6902 kishi vafot etgan.

Dastlab Eron hukumati aholini izolyatsiyalash bo‘yicha qat'iy choralar ko‘rishni istamagan, biroq koronavirus tarqalishi keskin avj olib ketgandan keyin bu strategiyasini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top