12:30 / 15.05.2020
7604

Namanganda yana 5 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Namangan viloyatida 15 may kuni 5 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgani to‘g‘risida xabar berdi.

Tuzalganlarning barchasi Namangan viloyatidan (2 nafari Namangan shahridan, 2 nafari Uychi tumanidan, 1 nafari esa Namangan tumanidan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 2 nafari erkak, 3 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 60 yoshda, yoshi kichigi esa 3 yoshli qizaloq ekani aytildi.

Qayd etilishicha, viloyatda shu paytga qadar 202 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 207 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 15 may soat 10:00 holatiga ko‘ra 2652tani tashkil qilmoqda.

Shu vaqtgacha sog‘ayganlar soni 2141 nafarga yetdi. Hozirda shifoxonalarda 500 bemor davolanmoqda va ularning 8 nafari og‘ir ahvolda.

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning ma'lum qilishicha, Ayni paytda 46 mingdan ortiq fuqaro karantin muddatlarini o‘tayapti. Ularning 15 mingdan ortiqrog‘i statsionar sharoitida, qolgan 31 ming nafari uy sharoitida karantin tadbirlari bilan qamrab olingan.

Shuningdek, Respublikadagi mavjud virusologik laboratoriyalarda 460 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazildi. Kechagi kunning o‘zida 14,7 mingdan ko‘proq virusologik tekshirishlar o‘tkazildi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top