12:32 / 16.05.2020
18921

«Hududlarga ortiqcha yuk bo‘lib, pul tushirish, yig‘ish degan masalalar to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas» – Moliya vaziri o‘rinbosari

Xalqaro press klubning “Sardoba 2020: Sinov, birdamlik, mehnat va sifat” mavzusiga bag‘ishlangan sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Sardoba suv omboridagi hodisa haqida so‘z yuritilmoqda.

Foto: Xalqaro press-klub

Tadbirda moliya vazirining o‘rinbosari Yorqin Tursunov Sardobada uylar qurilishi ishlari qaysi manbalar hisobidan amalga oshirilishi haqida gapirdi.

“Fuqarolar, bloger, jurnalistlarimizda [uylar qurilishiga] viloyatlar jalb qilingan, bu homiylik hisobidan bo‘ladimi, degan savol bo‘lmasligi kerak. Bu maqsad uchun respublika budjetidan Mahalla xayriya jamg‘armasiga 70 mlrd so‘m ajratdik. 14ta hududga 5 mlrd so‘mdan mablag‘ chiqarib berildi. Mahalla xayriya jamg‘armasida yig‘ilgan boshqa homiylik mablag‘lari ham shunga yo‘naltiriladi. 

Aytmoqchimanki, hududlarga ortiqcha yuk bo‘lib, bunga pul tushiringlar, yig‘ish degan masalalar to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas. Chunki buni muhtaram prezidentimiz alohida ta'kidladilar: “Sizlar ishni bajarib berasizlar, davlat pulini to‘lab beradi”. 

Bu jarayonda hali qancha mablag‘ ketishi aniq emas. Uylarga qanchalik zarar yetganlik darajasini mutaxassislar o‘rganishyapti. Aniq bo‘lganidan keyin mablag‘ doirasida bu ishlar to‘liq amalga oshirib beriladi”, - dedi Yorqin Tursunov.

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top