21:47 / 16.05.2020
53558

Tojikiston koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha Qozog‘istonni ortda qoldirdi

Foto: Asia-Plus

Tojikistonda ortda qolgan bir kun davomida 204 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda mamlakatdagi koronavirus ma'lumotlarini berib beruvchi covid.tj saytida xabar berilgan.

Manbada ko‘rsatilishicha, 16 may kuni yana uch kishi koronavirus sabab vafot etgan va umumiy o‘lim holatlari 36taga yetgan. Kasallanganlar soni esa 1 322 nafarga yetdi. Mamlakatdagi tibbiyot birlashmalarida 4 326 kishi shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Bugun Tojikistonda tibbiyot mutaxassislari ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda so‘zga chiqqan bolalar yuqumli kasalliklari bo‘yicha sog‘liqni saqlash vazirligining bosh mutaxassisi Gavhar Saidmurodova mamlakatda kamida 1 oy karantin joriy etish zarurligini aytgan.

Kunlik o‘sish yana 200 kishidan ko‘p bo‘lgan Tojikiston umumiy kasallanganlar soni (1 322) bo‘yicha Qirg‘izistonni (1 117) ortda qoldirdi. O‘rta Osiyoda eng ko‘p kasallik yuqtirganlar Qozog‘iston (5 850) va O‘zbekitonda (2 719) qayd etilgan. Turkmanistonda esa rasman virus aniqlanmagan. Umumiy o‘limlar soni bo‘yicha Tojikiston (36) Qozog‘istonni (34) ortda qoldirib, bu borada mintaqada o‘ziga xos yetakchiga aylandi.

Top