09:21 / 18.05.2020
9531

Namanganda «qimorxona» faoliyatiga chek qo‘yildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Tergov departamenti

2020 yil 23 aprel kuni soat 20:55da, IIV xodimlari tomonidan maxsus tadbir o‘tkazilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Uning davomida Namangan shahar Yuqori G‘irvon mahallasida yashovchi 33 yoshli B.U. yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, shu mahallada yashovchi 5 nafar fuqaroga, xar bir o‘yin uchun 1000 so‘mdan pul mablag‘larini olib, ularga qimor va tavakkalchilikka asoslangan “Loto” o‘yini tashkil etib moddiy manfaatdorlik ko‘rayotganligi aniqlangan.

Tadbir davomida o‘rtaga o‘yin uchun tikilgan 442 000 so‘m pullar,
36 dona o‘yin kartalari, 24 dona raqamlar yozilgan loto o‘yini qog‘oz kartalari va 90 dona loto toshlari o‘rnatilgan tartibda olingan.

Holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB 1-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

Top