20:41 / 19.05.2020
3545

Disney top-menejyeri TikTok ijtimoiy tarmog‘iga rahbar etib tayinlandi  

Walt Disney Co kompaniyasining striming yo‘nalishi rahbari Kevin Mayyer qisqa videolar yaratish uchun mo‘ljallangan TikTok ijtimoiy tarmog‘iga rahbarlik qiladi.

Bu haqda ijtimoiy tarmoqqa egalik qiluvchi ByteDance Inc. kompaniyasi ma'lum qildi. Mayyer 1 iyundan TikTok’da bosh ijrochi direktor lavozimini egallaydi. U ByteDance’ning global rivojlanishi uchun javob beradi, korporativ funksiyalarni, jumladan savdo, marketing, jamoatchilik bilan aloqalar va xavfsizlik masalalarini nazorat qiladi.

Mayyer Disney’ning Direct-to-Consumer & International segmentiga u tashkil etilgan 2018 yildan beri boshchilik qiladi. U bir qator strategik xaridlar, jumladan 21th Century Fox kinokompaniyasining xaridida muhim rol o‘ynagan.  

Endi uning o‘rnini Disneyland rahbari Rebekka Kempbell egallaydi.

TikTok o‘z foydalanuvchilariga 60 soniyalik videolar yaratish va ular bilan bo‘lishishga imkon beruvchi ijtimoiy tarmoq bo‘lib, hozirda uning auditoriyasi 700 mln kishidan oshadi.

Mavzuga oid
Top