12:34 / 19.05.2020
2654

Ko‘z ilg‘amas «darcha» fosh etildi

Majburiy ijro byurosi Namangan tuman bo‘limi xodimlari tomonidan karantinli davrda belgilangan sanitar qoidalariga amalga qilgan holda o‘tkazayotgan nazorat tadbirlari jarayonida elektr energiyasi tarmoqlariga o‘g‘rincha ulanib, foydalanish holatlari sirini fosh etmoqdalar.

Namangan tumani, Oqbuloq mahallasida yashovchi fuqaro M.A. “ustomon” iste'molchi bo‘lib chiqdi. Aniqlanishicha, xonadon egasi karantin mahalda hech kim bilmaydi deb o‘ylab, hisoblagichdan tashqari devor orasidan yashirin tarmoq tortib foydalanib keladi. Olib borilgan tezkor o‘rganish jarayonida iste'molchining bu qilmishi oshkor bo‘lib, yuzi shuvut bo‘ldi. 

Ushbu harakati bilan fuqaro o‘g‘rincha elektr energiya tarmoqlaridan foydalanishi orqali huquqbuzarlik sodir etgan deb topildi. Mazkur holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirildi. Hozirda ta'minotchi korxonaga yetkazilgan zarar miqdori hisoblanmoqda.

Mavzuga oid
Top