14:40 / 19.05.2020
11874

Qozog‘istonning Tengiz konida 700ga yaqin ishchi koronavirusga chalindi

Tengiz konida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat 8 aprelda qayd etilgandi.

Foto: azh.kz

Qozog‘istonning Atirau oblastidagi Tengiz konida yana 142 kishida koronavirus aniqlandi, ushbu kasallikka chalinganlar soni 689 kishiga yetdi. Bu haqda hududiy tezkor shtab ma'lum qildi.

"Kasallanganlarning barchasi pudratchi kompaniyalar ishchilar. Ular shifoxonaga yotqizildi va davolanmoqda", - deyiladi tezkor shtab xabarida.

Tengiz konida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat 8 aprelda qayd etilgandi.

Mamlakat tezkor shtabining ma'lumot berishicha, Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 6751 nafarni tashkil qilmoqda.

Tengiz konida 500ga yaqin pudratchi va subpudratchi kompaniyalarning 30 mingga yaqin xodimi ishlamoqda.  

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top