21:40 / 21.05.2020
5301

Ispaniyaning provinsiyalaridan birida karantindan chiqish to‘xtatib qo‘yildi

Ispaniyaning Valensiya provinsiyasida koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan karantin cheklovlarini yengillashtirishning 2-bosqichiga o‘tish to‘xtatildi.

Bu haqda El Pais nashri xabar berdi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, mahalliy hokimiyat bunday qarorni cheklovlar yengillashtirilishining 1-bosqichida koronavirusga chalinish holatlari ko‘paygandan keyin qabul qilgan.

Ta'kidlanishicha, yangi kasallanish holatlari 10 ming kishiga 0,66 foizdan 0,85 foizgacha ko‘paygan.

Avvalroq, 18 may kuni Ispaniyada karantin bekor qilinishi talabi bilan norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tgan: Madridda aholi ko‘chalarga chiqib, karantinga norozilik sifatida kastryullarni taqillata boshlagan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top