14:54 / 21.05.2020
12907

Xitoylik ekspert koronavirusning ikkinchi to‘lqinidan qanday himoyalanish kerakligini aytdi

Ekspert gigiyena qoidalariga rioya qilish: qo‘llarni tez-tez yuvish hamda niqob taqish va ijtimoiy masofalanish muhimligini eslatib o‘tdi.

Foto: AP Photo / John Minchillo

Xitoylik infeksionist olim Chjan Venxun hozirda mamlakatlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashda turli bosqichlarda turganligini yodda tutishga chaqirdi.

Uning fikricha, aksariyat davlatlar yo‘lning o‘rtasida turibdi, Xitoy esa yakuniy bosqichga o‘tdi.

Ko‘rilayotgan barcha choralarga qaramasdan, xalqaro qatnovlar ochilganida infeksiya tashuvchilar baribir uchraydi, dedi Chjan. Olim shuningdek, simptomsiz tashuvchilar borligini ham eslatdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar sog‘liqni saqlash tizimlari voqealarning ana shunday rivojiga tayyor turishi lozim.

Ekspert gigiyena qoidalariga rioya qilish: qo‘llarni tez-tez yuvish hamda niqob taqish va ijtimoiy masofalanish muhimligini eslatib o‘tdi.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melit Vuynovich  koronavirus epidemiyasining birinchi to‘lqini kuzatilgan yerlarda uning ikkinchi to‘lqini bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgandi.

JSST ma'lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 4,8 milliondan oshgan, 318 mingdan ziyod kishi vafot etgan.

Jons Xopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra esa, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar soni besh milliondan ortib ketgan, 329 mingga yaqin kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top