08:52 / 22.05.2020
11916

O‘zbekistonda muddatli saylovlarni o‘tkazish sanasi dekabr oyidan mart oyiga ko‘chirilishi mumkin

O‘zbekiston milliy saylov tizimini yanada demokratlashtirish chora-tadbirlari qabul qilinadi.

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston saylov tizimini yanada demokratlashtirish, saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga qator o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritishni nazarda tutadigan qonun loyihasini tayyorlash rejalashtirilmoqda.

Unga ko‘ra:

sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga saylash huquqini berish, sud tomonidan individual tartibda saylash huquqi cheklangan hollardan tashqari;

muddatli saylovlarni o‘tkazish sanasini dekabr oyidan mart oyiga ko‘chirish;

bir nomzod faqat bitta vakillik organiga deputat etib saylanishi mumkinligi to‘g‘risidagi qoidani o‘rnatish nazarda tutilgan.

Ijro muddati - 2020 yil avgust, mas'ul ijrochilar - MSK, Konstitutsiyaviy sud, Adliya vazirligi.

Top