23:33 / 22.05.2020
4907

Portugaliya sayyohlarni qabul qilishga tayyorligini ma'lum qildi 

Portugaliya tashqi ishlar vaziri Santush Silva mamlakati turistik mavsumga tayyorligini ma'lum qildi.  

Foto: Pinterest

“Biz Portugaliyada sayyohlarni intiqlik bilan kutmoqdamiz”, deb aytgan vazir va mamlakat aeroportlariga keluvchi barchaning harorati o‘lchanishini ma'lum qilgan.

“Portugaliya sog‘liqni saqlash tizimi yaxshi ishladi va biz sayyohlarni qabul qila olishimiz mumkinligi juda muhimdir”, deb qo‘shimcha qilgan vazir.

Avvalroq Portugaliya hukumati koronavirus sababli yopilgan mehmonxonalar 1 iyundan sekin-asta ochilishini ma'lum qilgandi. Mehmonxonalarga keluvchilar xonalarga avvalgi tashrif buyuruvchilar ketgandan 24 soat o‘tgachgina joylashishlari mumkin bo‘ladi. Sohilbo‘yida joylashgan mehmonxonalarda yashovchilarga shaxsiy shezlonglar tarqatiladi.   

Mamlakatdagi plyajlar 6 iyundan ochiladi: dam oluvchilar o‘zaro 1,5 metr saqlashlari kerak bo‘ladi, soyabonlar bir-biridan kamida 3 metr oraliq bilan joylashtiriladi. Shuningdek, u yoki bu plyajda ayni pallada qancha odam borligini tekshirish mumkin bo‘lgan mobil dasturlar paydo bo‘ladi.

18 maydan mamlakatda qisman kafe va restoranlar ochilgan hamda muzey va diqqatga sazovor joylar o‘z ishini qayta boshlagan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Portugaliyada koronavirusdan 30 ming kishi zararlangan, 1289 ming kishi vafot etgan.  

 

Mavzuga oid
Top