00:22 / 23.05.2020
18467

Saudiya Arabistonida harakatlanishga to‘liq taqiq kiritildi

Saudiya Arabistonida koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida Ramazon hayiti arafasida 22 maydan harakatlanishga to‘liq taqiq kiritildi. 

Foto: AP / Mosa'ab Elshamy

Bu haqda Saudiya Arabistoni ichki ishlar vazirligi vakili Talol ash-Shalxub matbuot anjumanida ma'lum qildi.    

Ta'kidlanishicha, taqiqlov podshohlikning barcha shaharlari va tumanlarida 22 may soat 17dan kuchga kirib, 27 maygacha 24 soat amal qiladi.

Saudiya Arabistonida koronavirusga chalinganlar soni keskin ko‘paymoqda va 22 may kuni mamlakatda bir kun ichida koronavirusga chalinganlar soni 2642 nafarni tashkil qilib, bu borada rekord ko‘rsatkich qayd qilindi. Pandemiya boshidan beri podshohlikda umumiy hisobda 67,7 mingdan ko‘proq odam koronavirusga chalingan, undan vafot etganlar soni 364 nafarni  tashkil qilmoqda. Sog‘ayib ketganlar 39 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda.     

Avvalroq podshohlik rahbariyati koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida Ramazon hayiti vaqtida harakatlanishga 5 kunga to‘liq taqiqlov kiritilishini e'lon qilgandi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top