15:20 / 23.05.2020
28014

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 2500dan oshdi

Mamlakat bo‘ylab koronavirus  infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2525 nafarni tashkil etmoqda.

Poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 17 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 16 nafar, jami 33 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning 9 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 8 nafari esa chet eldan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, tuzalganlarning 10 nafari Toshkent viloyatidan, 3 nafari Surxondaryo viloyatidan, 2 nafardan Toshkent shahri va Samarqand viloyatidan. Bemorlardan 10 nafari erkak, 7 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 5 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarning 4 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 12 nafari esa chet eldan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, tuzalganlarning 4 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafardan Samarqand, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridan, 1 nafardan Farg‘ona, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Andijon viloyatlaridan hamda 1 nafari Tojikiston Respublikasidan. Bemorlardan 12 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 63 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2019 yilda tug‘ilgan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 873 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 906 nafarga yetdi. 

Shu vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirusdan butunlay sog‘ayganlar soni 2525 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top