15:38 / 24.05.2020
6211

Toshkentda ayol kishining motoskuterini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga tushdi

22 may kuni soat taxminan 15:00lar atrofida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida motoskuter olib ketayotgan shaxs Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari e'tiborini tortgan.

Foto: Milliy gvardiya

Milliy gvardiya matbuot xizmatidan xabar qilishlaricha, fuqaro harbiy xizmatchilar nigohidan qochish niyatida shoshilinch harakatlar qilib shubha uyg‘otgani bois to‘xtatilgan. Tegishli hujjatlar so‘ralganda taqdim etolmagani sababli Yashnobod tumani IIB FMBga olib borilgan.

Foto: Milliy gvardiya

«O‘rganish natijasida shubhali shaxs 1992 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahar Sergeli tumanida yashovchi M.B. ekani va “CELIMO” rusumli motoskuterni Yashnobod tumani Aviasozlar dahasi Qorasuv ko‘chasi 4-uy oldidan o‘g‘irgani aniqlandi.

Motoskuter o‘z egasi fuqaro L.Nazarovaga topshirildi. Fuqaro Nazarova Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga tezkor amaliy yordam uchun minnatdorchilik bildirdi», – deyiladi xabarda.

Foto: Milliy gvardiya

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top