09:05 / 25.05.2020
20099

Dunyodagi eng chuqur konlardan birida koronavirusga ommaviy chalinish qayd etildi

Janubiy Afrika Respublikasida dunyoda oltin qazib oluvchi eng yirik kompaniyalardan biri Anglogold Ashanti’ga qarashli konlardan birida 160dan ko‘proq konchi koronavirusga chalindi.

Foto: REUTERS/Siphiwe Sibeko/File Photo

Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilindi. Koronavirusning ommaviy tarqalishi dunyodagi eng chuqur konlardan biri bo‘lgan Mponengda qayd qilingan. Ushbu shaxtaning chuqurligi 4 kmga yaqinni tashkil qiladi.  

Ayni vaqtda koronavirusga chalinganlarning barchasi izolyatsiya qilingan, kondagi ishlar esa vaqtincha yarmiga qisqartirilgan.

Shifokorlar kasallikka chalinganlar kimlar bilan aloqada bo‘lganlarini aniqlash va kondagi ish joylari hamda obektlarda dezinfeksiya ishlarini olib bormoqdalar. 

JARda ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar soni 21 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Virusdan 407 kishi vafot etgan, 10 mingdan ziyodroq odam sog‘ayib ketgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top