09:44 / 29.05.2020
3521

Italiya A Seriyasi 20 iyundan davom ettiriladi

Italiya sport vaziri Vinchenso Spadafora A Seriya o‘yinlari 20 iyundan davom ettirilishini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Football Italia.

«Italiya sekin-asta odatiy hayot tarziga qaytmoqda. Futbol ham avvalgi holatiga qaytishi kerak. A Seriya va klublardan o‘yinlar barcha talab va ehtiyot choralariga amal qilingan holda o‘tishi haqida kafolat oldik. 

Italiya chempionati 20 iyundan davom ettiriladi. Ungacha 13 iyundan mamlakat kubogi uchrashuvlari o‘tkaziladi. Bu Italiya avvalgi hayot tarziga qaytayotganligi haqida o‘ziga xos signal bo‘ladi. Federatsiyadagilar ularda V va S rejalari ham borligiga ishontirishdi», - deya Italiya sport vazirining so‘zlarini keltirmoqda Football Italia.

Eslatib o‘tamiz, A Seriya mart oyida 26-turdan keyin pandemiya tufayli to‘xtatib qo‘yilgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top