22:30 / 02.06.2020
6309

Bayden AQSh Kongressini zudlik bilan politsiya islohotini boshlashga chaqirdi

AQSh Kongressi politsiya faoliyati sifatini oshirish uchun zudlik bilan choralar qabul qilishi kerak. Bu haqda AQShning sobiq prezidenti Jozef Bayden aytdi.

Bayden "Kongressni shu oydayoq chora ko‘rish"ga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi qadam "politsiyani haqiqiy isloh qilish" bo‘lishi kerak. Sobiq vitse-prezident Kongress politsiyachilarning bo‘g‘uvchi usullar qo‘llashini taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini imkon boricha tezroq ko‘rib chiqishi zarurligini ta'kidladi.

U politsiyachilar faoliyatining to‘liq hisobotini ta'minlash uchun choralar qabul qilish kerakligini aytdi. Bayden agarda saylovlarda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, inauguratsiyadan keyingi dastlabki 100 kun ichida politsiya ishini nazorat qiluvchi maxsus komissiya tuzishini ta'kidladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada afroamerikalik Jorj Floyd soxta puldan foydalanganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Politsiyachilardan biri Derek Shovin Floyd nafas ololmay qolganini aytishiga qaramasdan, uning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turgan. Bu holat tasvirlangan lavha internetda tarqaldi.

Floyd bir necha soatdan keyin kasalxonada vafot etdi. Uni qo‘lga olishda ishtirok etgan to‘rt politsiyachi ishdan bo‘shatildi. Shovin qotillikda ayblanib hibsga olindi.

Mavzu
Minneapolisdagi namoyishlar
25 may kuni Minneapolisda politsiya tomonidan qo‘lga olingan 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floyd vafot etgach AQShda ommaviy namoyishlar boshlanib ketdi.
Barchasi
Top