07:31 / 02.06.2020
18157

Tramp AQShdagi tartibsizliklar bo‘yicha murojaat bilan chiqdi 

AQSh prezidenti Donald Tramp afroamerikalik erkak Jorj Floydning o‘limidan keyin boshlangan noroziliklar bo‘yicha hamyurtlariga murojaat bilan chiqdi. 

“Bu tinch norozilik emas, bu ichki terrorchilik harakatlaridir. Begunoh hayotlarning yo‘q qilinishi va qon to‘kilishi – bu insoniyat va Tangriga qarshi jinoyatdir”, deb aytgan Tramp. 

Tramp namoyishchilar Vashingtonda politsiya bo‘limini bosib olishgani va cherkovga o‘t qo‘yishgani, Avraam Linkoln va Ikkinchi jahon urushi memoriallari vandallikka uchragani, bir necha kishi o‘ldirilganini aytib o‘tgan. 

AQSh prezidenti shaharlar yuzaga kelgan tartibsizliklarni hal qilish uchun choralar ko‘rmasa, unda u qurolli kuchlarni jalb qilishga va muammoni tezda hal qilishga tayyorligini aytgan. U Vashingtonda tartibsizliklar, talonchiliklar va mulkning yo‘q qilinishini to‘xtatish uchun minglab harbiylar va politsiyachilarni safarbar qilishini aytgan.     

AQSh prezidenti shtatlar gubernatorlariga ko‘chalarni bexatar qilish vaqti kelganini aytgan. Uning aytishicha, tartibsizliklar va talonchiliklarni to‘xtatish uchun barcha federal zaxiralar – fuqarolar va harbiylar safarbar qilinadi. 

AQShda qora tanli erkak Jorj Floyd politsiya tomonidan qo‘lga olinishi vaqtida halok bo‘lgandan keyin ommaviy noroziliklar boshlanib ketdi. Namoyishlar talonchiliklar va tartibsizliklar bilan kechmoqda. Tartibsizliklar vaqtida bir necha kishi halok bo‘lgan. 40 ga yaqin shaharda, jumladan poytaxt Vashingtonda komendantlik soati kiritilgan. Tartibsizliklarni to‘xtatishga milliy gvardiyaning bir necha ming jangchisi safarbar qilingan.    

Mavzu
Minneapolisdagi namoyishlar
25 may kuni Minneapolisda politsiya tomonidan qo‘lga olingan 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floyd vafot etgach AQShda ommaviy namoyishlar boshlanib ketdi.
Barchasi
Top