01:32 / 02.06.2020
14415

Tramp namoyishlarni bostirishda gubernatorlardan qattiqqo‘lroq bo‘lishni talab qildi - OAV

Foto: AP/John Minchillo

AQSh prezidenti Donald Tramp shtatlar gubernatorlari bilan yopiq formatda o‘tgan konferens-aloqa davomida ulardan mamlakatni qamrab olgan tartibsizliklarga qarshi qat'iy choralar ko‘rishni talab qildi. Bu haqda ushbu suhbat audioyozuviga tayanib New York Times nashri xabar berdi

“Siz ustun bo‘lishingiz kerak. Agar ustun bo‘lmasangiz, behuda vaqt yo‘qotmoqdasiz, ular sizni qamrab oladi, siz esa bir to‘da ahmoqlardek ko‘rinasiz”, deb aytgan Tramp.   

U, shuningdek, gubernatorlardan tartibsizliklar vaqtida qo‘lga tushganlarga uzoq muddatli qamoq jazosi berishlarini talab qilgan.   

AQSh prezidenti gubernatorlarni qora tanli erkak Jorj Floyd o‘limidan keyin mamlakatni qamrab olgan norozilik namoyishlariga sust javob berayotganliklari uchun tanqid qilib kelmoqda. U gubernatorlardan milliy gvardiyani jalb qilishni va tartibsizliklarni kuch bilan bostirishni talab qilgan. Trampning bu boradagi imkoniyatlari cheklangan bo‘lib, namoyishlarga javob berish bo‘yicha asosiy qarorlarni gubernatorlar qabul qiladi. 

Mavzu
Minneapolisdagi namoyishlar
25 may kuni Minneapolisda politsiya tomonidan qo‘lga olingan 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floyd vafot etgach AQShda ommaviy namoyishlar boshlanib ketdi.
Barchasi
Top