08:02 / 03.06.2020
3644

Twitter direktorlar kengashi raisi o‘z lavozimini tark etdi

Twitter ijtimoiy tarmog‘i direktorlar kengashi raisi Omid Kordestani o‘z lavozimini tark etdi. Bu lavozimga kompaniyaning moliyaviy direktori Patrik Pichett tayinlandi.

Foto: Jeff Chiu / AP

Pichett o‘z bayonotida Kordestanining xizmatlarini yuqori baholab, u kompaniyadagi 5 yillik faoliyati davomida Twitter jamoasining barqaror ishini ta'minlay olganini ta'kidlab o‘tgan.   

Kordestani direktorlar kengashi raisi lavozimini 2015 yildan beri egallab kelgan. Shu bilan birga, u kengashda qoladi. Uning ketishi sababi ma'lum qilinmagan.

Kompaniya rahbariyatidagi o‘zgarish Twitter’ning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan munosabatlari yomonlashgani ortida yuz berdi. May oxirida Tramp kompaniyani yopib yubora olishi mumkinligini, biroq buning uchun yuridik tartibotlardan o‘tish kerakligini aytgan. AQSh prezidenti bu haqda ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini tartibga solish haqidagi farmonni imzolagach aytib o‘tgan. Uning fikricha, ijtimoiy tarmoqlarda “nazorat qilinmaydigan hokimiyat” paydo bo‘lgan va ular bu hokimiyat yordamida foydalanuvchilar xabarlarini senzuralamoqda.

Bundan avval Twitter Trampning xabarlaridan birini yolg‘on saqlashi mumkin bo‘lgan xabar sifatida belgilangan.

Mavzuga oid
Top