08:02 / 03.06.2020
33236

Vazirlar Mahkamasida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Furqat Rahimov Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatining mudiri etib tayinlandi.

Foto: KUN.UZ

Hukumatning 2020 yil 28 maydagi 335-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatida bir qator rahbar xodimlar tayinlandi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar bermoqda.

Ilgari investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Furqat Jalolovich Rahimov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatining mudiri etib tayinlandi.

Shavkat Rajabaliyevich Nabiyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari etib tayinlandi. U Vazirlar Mahkamasi Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamentining bosh mutaxassisi lavozimidan ozod qilindi.

Jasurbek Shavkatovich Avezov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudirining eksport, importni optimallashtirish, bojxona-tarif va notarif tartibga solish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi, bu lavozimga u Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining boshqarma boshlig‘i lavozimidan o‘tdi.

Lutfiddin Nasrullayevich Xo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatining Xalqaro hamkorlik masalalari sho‘'basi mudiri etib tayinlandi. Bundan oldin u O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Buxoro bo‘limiga rahbarlik qilgan.

Top