22:48 / 06.06.2020
49597

«Grin kard» natijalari tayyor. Uni qanday tekshirish mumkin?

O‘tgan yilgi to‘ldirilgan «Grin kard» lotereyasi anketalarning maqomini 6 iyundan boshlab tekshirish mumkin.

AQShga oila bilan yoki yakka holda qonuniy ravishda ko‘chish imkonini beruvchi «Grin kard» lotereyasi anketasi 2019 yil 2 oktyabridan 5 noyabrgacha har yilgidek AQSh davlat departamenti huzuridagi maxsus sayt — https://dvlottery.state.gov/ orqali to‘ldirildi.

Anketa maqomini tekshirish uchun https://dvprogram.state.gov/ saytiga o‘tiladi va «Check entrant status» tugmasi bosiladi. Natijani bilish uchun sizda anketa muvaffaqiyatli to‘ldirilganda taqdim etiladigan raqam va shaxsiy ma'lumot qo‘l ostingizda bo‘lishi kerak.

Ma'lum qilinishicha, tasdiq xatini qabul qilgan g‘olib respondentlar uni 2021 yil 30 sentyabrga qadar saqlashi lozim. Odatda har yili may oyida e'lon qilinadigan natijalar joriy davrda pandemiya tufayli ortga surilgandi.

Mavzuga oid
Top