23:16 / 06.06.2020
20519

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 4100ga yaqinlashdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 30 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 6 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4094 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 19 nafari karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolari orasida, 4 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 3 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, yana 3 nafari Andijon viloyatida (1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 2 nafari Qirg‘iziston Respublikasidan chegara post orqali kelgan), 1 nafari esa Qashqadaryo viloyatida ishlovchi qozog‘istonlik fuqaroda aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun jami 87ta yangi holat qayd etildi, 1 kishi vafot etdi, Toshkentda 21 bemor sog‘aydi, shu vaqtgacha tuzalganlar soni 3268 nafarga yetdi.

Shifoxonalarda 809 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 10 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top