20:39 / 08.06.2020
37176

Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yangi prokuror tayinlandi

Taxiatosh tumani hokimi Farhod Allambergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlandi. .

Farhod Allambergenov / Jo‘qorg‘i Kenges

8 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va uning o‘rinbosarlari, shuningdek, vazirliklarning, idora va korxonalarning, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

«Farhod Embergenovich Allambergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlansin», deyiladi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qarorida.

Farhod Allambergenov 2017 yil avgustidan buyon Taxiatosh tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.

U yangi lavozimda 2018 yil noyabridan buyon Qoraqalpog‘iston prokurori bo‘lgan Xidir Karimov o‘rnini egalladi. U qaysi lavozimga o‘tkazilgani ma'lum qilinmagan.

Top