22:30 / 10.06.2020
12647

Janubiy Koreya KXDR bilan aloqalar uzilishiga kimlar aybdorligini ma'lum qildi 

Janubiy Koreyada shimoliy koreyalik qochqinlarga ayblov ilgari surildi. Ular Shimoliy Koreya bilan aloqalar uzilishida ayblanmoqdalar.

Janubiy Koreya hukumatining fikricha, “Ozod Shimoliy Koreya uchun harakatlar alyansi” rahbari Pak San Xak va “Kxinsem” harakati rahbari Pak Chon O Koreyaaro hamkorlik qonunini buzishda aybdor hisoblanadi. Seul ularning mamlakatda biznes yuritishiga ruxsatni bekor qilishni talab qilmoqda. Ta'kidlanishicha, shimoliy koreyalik qochqinlar chegara orqali Shimolga turli narsalar, jumladan tashviqot varaqalari va guruch bilan to‘ldirilgan shisha idishlar jo‘natishgan. Seulning ta'kidlashicha, yuqoridagi harakatlar rahbarlari shu yo‘l bilan chegaraoldi tumanlarida yashovchi odamlarni xavf ostiga qo‘yishgan

O‘tgan hafta Janubiy Koreya mudofaa vazirligi Seul qonun darajasida faollarga chegaradan varaqalar berishni taqiqlamoqchiligini ma'lum qilgan. Seul yuqorida keltirib o‘tilgan holatlar uchun aloqalarni uzmoqchi bo‘lgan Pxenyanga shu tariqa javob berishni rejalashtirgan.

9 iyunda Shimoliy Koreya Janub bilan barcha aloqa liniyalarini uzib qo‘ydi. Bundan avvalroq esa Pxenyanning Seul bilan barcha, jumladan harbiy va ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi kanallar bo‘yicha muloqotni to‘xtatish haqidagi farmoyishi paydo bo‘lgan.

Top