01:31 / 10.06.2020
24389

Qirg‘izistonda chigirtka yopirilishi koronavirus pandemiyasi bilan bog‘landi 

Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakat aholisini chigirtka yopirilishidan ogohlantirdi. E'tiborlisi, vazirlikda chigirtkalar faollashishi koronavirus pandemiyasi bilan bog‘langan.

Foto: Pixabay

“Bunga aqlbovar qilmaydi. Biz tahlil o‘tkazib, insoniyat boshidan qiyinchiliklarni (urush, epidemiya, inqirozlar) o‘tkazgan vaqtda chigirtkalar faollashishini aniqladik”, deb aytgan vazirlik vakili Almaz Alakunov.

Qo‘shni davlatlardagi vaziyatdan kelib chiqib tuzilgan dastlabki prognozga ko‘ra, Qirg‘izistonda 120 ming gektar maydonga chigirtka yopirilishi kutilmoqda. Bu esa respublika iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligi aytilgan.

Avvalroq chigirtkalar Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo‘jaligiga juda katta talafot yetkazishi mumkinligi ma'lum qilingandi. Jumladan, O‘zbekistonda ham ushbu zararkunandalar 327,4 ming gektar maydonda tarqalgani aniqlanib, 309,6 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazilgan.

Mavzuga oid
Top