23:48 / 11.06.2020
5232

Apple yangi modeldagi to‘qqizta iPhone chiqarishni rejalashtirgani ma'lum bo‘ldi

Shuningdek, yil oxiriga qadar iOS 14 operatsion tizimi taqdim etilishi aytilmoqda.

Foto: REUTERS / Mike Segar/File Photo

Apple yil oxiriga qadar to‘qqizta yangi iPhone modellarini ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Bu haqda MySmartPrice portali xabar berdi.

Portalning yozishicha, Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi Apple smartfonlarining to‘qqizta modeliga sertifikatlarni qayd etgan. A2172, A2176, A2341, A2342, A2399, A2403, A2407, A2408 va A2411 raqamlari iPhone 12 seriyasidagi gadjetlarga tegishli ekanligi aytilmoqda.

Taxmin qilinishicha, ikkita raqam iPhone 12 va iPhone 12 Max, qolganlari esa iPhone 12 Pro va iPhone 12 Pro Max seriyalaridagi smartfonlarga tegishli.

Shuningdek, yil oxiriga qadar iOS 14 operatsion tizimi taqdim etilishi aytilmoqda.

Eslatilishicha, iPhone 12 turkumidagi smartfonlar taqdimoti sentyabrda bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo koronavirus pandemiyasi sababli taqdimot ikki oyga kechiktirilishi mumkin.

Top