Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy televideniye orqali qilgan murojaatida o‘ziga nisbatan suiqasd tayyorlangani to‘g‘risida ma'lumot olganini aytdi.
"Men xavfsizlik organlaridan Mosulga tashrifim vaqtida meni o‘ldirish rejalashtirilgani haqida hisobot oldim", - dedi u.
Al-Kozimiy chorshanba kuni Mosulga tashrif bilan kelgandi.
U buni qo‘rqitish va shantaj deb baholadi. Al-Kozimiyning so‘zlariga ko‘ra, u "so‘nggi nafasigacha Iroq uchun ishlashga tayyor".
"Ayrim siyosiy kuchlarga men qo‘rqmasligimni aytmoqchiman", - deb ta'kidladi al-Kozimiy.
Iroq milliy razvedkasi sobiq rahbari Mustafo al-Kozimiy shu yilning may oyida mamlakat bosh vaziri etib tayinlangandi.