19:51 / 12.06.2020
4633

Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi raisiga yangi o‘rinbosar saylandi

Sharifjon Mo‘minjonov O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga saylandi.

Kecha, 11 iyun kuni onlayn tarzda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasining navbatdan tashqari Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.
 
Yig‘ilishda Assambleyaning kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masala – O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasiga rais o‘rinbosari saylash jarayoni bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar ushbu lavozimga tavsiya etilgan Sharifjon Fuzailovich Mo‘minjonov nomzodini bir ovozdan ma'qullashdi. Shu tariqa Sharifjon Mo‘minjonov O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari lavozimiga saylandi.

Ma'lumot uchun: Sharifjon Mo‘minjonov  1961 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Oliy ma'lumotli, Toshkent avtomobil yo‘llari instituti hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.

Uzoq yillar davomida Mudofaaga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkilotida turli lavozimlarda ishlagan, 2018 yildan jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Top