21:16 / 14.06.2020
22428

AQShda koronavirusdan sog‘aygan erkakka 1,1 mln dollarlik hisob yozib berildi 

AQShda koronavirusdan sog‘ayib ketgan 70 yoshli Maykl Florga davolanish uchun 1,12 mln dollarlik hisob yozib berildi. 

Foto: The Seattle Times

The Seattle Times nashrining xabar berishicha, erkak Sietl yaqinidagi Issakua shahrida joylashgan Swedish klinikasida rekord muddat - 62 kun davolangan. Florning ahvoli shunchalik og‘ir bo‘lganki, tungi navbatchilik hamshirasi erkak yaqinlari bilan vidolasha olishi uchun uning qulog‘iga telefonni tutib turgan. Erkakning yuragi, buyraklari va o‘pkasi ishlamay qolgan, biroq u sog‘-omon qolgan.

Florga ko‘proq kitobni eslatuvchi, 181 sahifa va 3 ming pozitsiyadan iborat hisob yozib berilgan.

Ta'kidlanishicha, Florga intensiv davolash bo‘limi palatasida o‘tkazgan har bir kun 9736 dollardan, 39 kun davomida talab etilgan o‘pkani sun'iy shamollatish qurilmasi esa kuniga 2835 dollardan aylangan. Yana 300 ming dollar dori-darmonga ketgan. Shunda erkakning umumiy davolanishi qiymati 1122501,04 dollarni tashkil qilgan.

E'tiborlisi, Flor keksalarni tibbiy sug‘urtalash dasturi Medicare ishtirokchisi bo‘lgani sababli, yuqoridagi summadan kichik qisminigina to‘laydi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top