15:54 / 15.06.2020
80371

O‘zbekistonda havo harorati pasayishi kutilmoqda

Bugun O‘zbekistonda quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi harorat 34-39 daraja atrofida bo‘ladi, shimolda, janubda va cho‘l zonasida 40-42 darajagacha isiydi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 4-7 darajaga yuqoridir.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, ertadan mamlakat hududiga Volgabo‘yi rayonlaridan salqin havo oqimi kira boshlaydi. Bu havo oqimi butun ish haftasi davomidagi ob-havoni belgilaydi. Respublika hududining katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat 16-17 iyunda tog‘li hududlarda ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 16-17 iyunda respublikaning ayrim joylarida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, shiddat bilan esganda sekundiga 23-28 metrgacha yetishi mumkin.

16 iyunda Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat 30-35 darajagacha pasayadi. Respublikaning qolgan hududlarida issiq ob-havo saqlanib turadi, kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja, janubda va cho‘l zonasida 40-42 darajagacha issiq bo‘ladi.

17-19 iyunda salqin havo butun respublika hududiga tarqaladi, harorat qulay ko‘rsatkichlargacha pasayadi, kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja atrofida bo‘ladi, bunday harorat me'yorga yaqindir.

Mavzuga oid
Top