10:03 / 16.06.2020
30004

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5300ga yaqinlashmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 30 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 16 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5293 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 9 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 19 nafari Toshkent shahrida (shundan 15 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 4 nafari aholi orasida), 2 nafari Toshkent viloyatida xorijdan yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlangan», deyiladi xabarda.

15 iyun kuni 183ta yangi holat qayd etildi, 76 kishi sog‘aydi va jami tuzalganlar soni 4019 nafarga yetdi.
 
Hozirda shifoxonalarda 1255 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 14 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top