17:01 / 16.06.2020
33764

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari soni 5300dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 35 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 16 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5328 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 24 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 9 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 4 nafari esa aholi orasida), 2 nafari esa Samarqand viloyatida aholi orasida qayd etilgan», deyiladi xabarda.

Bugun hozircha jami 65ta yangi holat aniqlandi, hozirgacha jami 4019 kishi koronavirusdan tuzalgan. 

Ayni vaqtda shifoxonalarda 1290 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 14 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top