23:59 / 17.06.2020
67648

Bugun 4 hududda aholi orasida yangi holatlar qayd etildi

17 iyun kuni O‘zbekistonda 189ta yangi zararlanish holati tasdiqlandi (jami 5682 holat) va 35 nafar bemor sog‘aydi. Shu vaqtgacha 4131 bemorga javob berilgan, 19 kishi vafot etgan, shifoxonalarda 1532 nafar bemor davolanmoqda.

Bugun 5 hududda - Toshkent shahri, Buxoro, Surxondaryo,  Samarqand va Toshkent viloyatlarida yangi holatlar qayd etildi. SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev telegramdagi kanalida bemorlar qayd etilishi va sog‘ayishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar jadvalini keltirdi.

Bugungi 189 holatdan 169tasi karantin muassasalarida, 13tasi aholi orasida aniqlangan, xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari bo‘lgan 7 kishiga ham virusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.

Aholi orasida (+13)
Toshkent shahrida aholi orasida 5 kishida virus aniqlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, 16 iyun kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi oilaning 3 nafar a'zosida, Sergeli tumanida bir oilaning 5 a'zosida, Uchtepa tumanidagi tikuvchilik sexi ishchisida, «Malika» savdo majmuasi sotuvchisida va Yunusobod tumanida yashovchi homilador ayolda virus chiqqandi.

Surxondaryo viloyatida yangi holatlar aholi orasida ham aniqlana boshladi - 2 kishida virus chiqqan. Ma'lum bo‘lishicha, Muzrabot tumanida o‘tkazilgan to‘yda belgilangan karantin qoidalariga amal qilinmagani natijasida 250dan ortiq fuqaro karantinga olingan. 16 iyundan Termiz shahriga kirib-chiqish to‘xtatilgan va bir qator yumshatishlar bekor qilingan.

Bugun Buxoro va Toshkent viloyatlarida aholi orasida 3tadan holat aniqlandi.

Karantin (+169)
Xorijdan kelgach Toshkent viloyatidagi O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolar orasida 153 holat aniqlandi.

Buxoro viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida 5 holat aniqlangan.

Surxondaryo viloyatida karantinga olinganlarning yana 4 nafarida virus chiqqan.

Shuningdek, Toshkent shahrida 2 nafar, Samarqand viloyatida 5 nafar karantindagi fuqarolar virus yuqtirib olgani ma'lum bo‘lgan.

Haydovchilar (+7)
Virus aniqlangan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarining barchasiga Toshkent viloyati hududida tashxis qo‘yilgan.

Tuzalganlar (+35)
Bugun Toshkent va Samarqandda 35 nafar bemor sog‘ayib, O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 4131 nafarga yetdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1532 nafar bemordan 12 nafari og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 28 636 nafar, statsionar karantinda esa 22 055 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top