23:09 / 17.06.2020
55584

Manba: Vazirlar Mahkamasi xodimida koronavirus chiqqan

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasidagi departament mudiriga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi. Bu haqdagi ma'lumotni Kun.uz’ning bir necha manbalari tasdiqladi.

Hozircha bu ma'lumot rasman e'lon qilinmadi.

Shu bilan birgalikda, manbalarning ma'lum qilishicha, ayni vaqtda hukumat binosi qat'iy karantinga olingan, barcha xodimlar koronavirusga test topshirishmoqda.

Ma'lumot uchun, Toshkent shahrida 2-16 iyun kunlarida 551 holat qayd etilib, shundan 482tasi aholi orasida aniqlangan. 57 holatda virusni yuqtirish manbasi noma'lumligicha qolgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, 16 iyun kuni Toshkent shahrida aholi orasida 14ta yangi holat qayd etilgan. Jumladan, Olmazor tumanida yashovchi oilaning 3 nafar a'zosida, Sergeli tumanida bir oilaning 5 a'zosida, Uchtepa tumanidagi tikuvchilik sexi ishchisida, «Malika» savdo majmuasi sotuvchisida va Yunusobod tumanida yashovchi homilador ayolda virus chiqqan.

Bugun Toshkent shahar IIBB «Malika» savdo markazi, Yunusobod dehqon bozori va «O‘rikzor» yopilgani, shahardagi 71ta mahalla «qizil» hudud sifatida belgilangani haqida ma'lum qildi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top