22:08 / 18.06.2020
6867

Bugun 68 bemor koronavirusdan tuzaldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida yana 33 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda kasallikdan sog‘ayganlar soni 4199 nafarga yetgani haqida xabar berdi.

Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 11 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 15 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 3 nafar hamda 3-sonli tug‘ruq majmuasida 4 nafar, jami 33 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi va o‘z uylariga kuzatildi.

Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 2130 nafarga yetdi.

Bundan avvalroq Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 35 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatilgani xabar qilingandi.

Shu tariqa, bugun 68 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 4199 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top