12:25 / 18.06.2020
4027

«Taxiatosh IES»da 280 MVt quvvatdagi ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirildi

Ushbu bug‘-gaz qurilmasining ishga tushirilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini ta'minlashga xizmat qiladi.

Foto: minenergy.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisini elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplash maqsadida 17 iyun kuni “Taxiatosh IES”da 280 MVt quvvatdagi ikkinchi bug‘-gaz qurilmasining ishga tushirish jarayoni amalga oshirildi. 

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu bug‘-gaz qurilmasining ishga tushirilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini ta'minlashga xizmat qiladi.

Ushbu yirik investitsion loyiha prezidentning 2017 yil 11 sentyabrdagi “Taxiatosh IESda 230 – 280 MVt quvvatga ega ikkita bug‘-gaz qurilmalarini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Bildirilishicha, loyiha Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering va Hyundai Engineering & Construction kompaniyalari konsorsiumi bilan hamkorlikda zamonaviy ilg‘or texnologiyalar asosida qilinmoqda.

Top