09:59 / 19.06.2020
6702

Janubiy Koreyaning birlashish bo‘yicha vaziri Shimoliy Koreya sababli iste'fo berdi

Janubiy Koreyaning Shimol bilan birlashish bo‘yicha vaziri Kim Yon Chxol oxirgi kunlarda Shimoliy Koreya bilan munosabatlar keskinlashgani ortida iste'fo berdi.

Foto: AP Photo / Ahn Young-joon

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In amaldorning bir necha kundan beri so‘rab kelgan iste'fosini qabul qilgan. Kim Yon Chxol o‘rniga hozircha hech kim tayinlanmagan. Amaldor mamlakat aholisidan ularning tinch va farovon Koreya yarimoroli haqidagi orzularini ro‘yobga chiqara olmagani uchun kechirim so‘ragan.

16 iyunda Shimoliy Koreya Seul bilan chegaradagi aloqa ofisini portlatib yuborgandi. Shuningdek, Shimol 18 iyundan chegaradagi qurolsizlashtirilgan hududga yana qo‘shinlarni qaytarishni boshlagan.  

Pxenyanning noroziligiga Janubiy Koreya shimollik qochoqlarga Shimoliy Koreya tuzumi va uning rahbari Kim Chen Inni qoralovchi tashviqot varaqalari va boshqa narsalarni shimolga jo‘natishiga to‘sqinlik qilmayotgani sabab bo‘lgan. 

Top